» » Gruziya prezidentlik saylovlarida Zurabishvili va Vashadze ikkinchi turga o‘tdi

Gruziya prezidentlik saylovlarida Zurabishvili va Vashadze ikkinchi turga o‘tdi


Gruziya prezidentligiga mustaqil nomzod Salome Zurabishvili va sobiq hukmron partiya “Yagona milliy harakat” vakili Grigol Vashadze 3 572 uchastkada ovozlar hisob-kitob qilingandan so‘ng birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Shu tariqa ular prezidentlik poygasining ikkinchi turiga o‘tadi, deb yozadi “TASS”.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 29-oktabr kuni e’lon qilingan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Zurabishvili 38,62 foiz ovoz, Vashadze — 37,74 foiz, “Yevropacha Gruziya” partiyasidan nomzod David Bakradze — 10,94 foiz, Leyboristik partiya yetakchisi Shalva Natelashvili — 3,76 foiz ovoz to‘plagan.

Qolgan uchastkalardagi saylovchilarning ovozlarini hisoblab chiqish saylovlarning umumiy natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Saylov g‘olibini aniqlash uchun kerak bo‘ladigan ikkinchi tur 1-dekabrdan kechiktirilmasdan o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют