» » Markaziy saylov komissiyasi Farg‘ona viloyati hokimining so‘zlari yuridik asosga ega emasligini ma’lum qildi

Markaziy saylov komissiyasi Farg‘ona viloyati hokimining so‘zlari yuridik asosga ega emasligini ma’lum qildi


Markaziy saylov komissiyasi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning “To‘rt kundan keyin saylovlar turibdi. Saylovlarda ham kim deputat bo‘ladi? Mana shu masalalarda o‘zini ko‘rsatgan odamlar deputat bo‘ladi” degan mazmundagi gapiga munosabat bildirdi.

Mazkur holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi shuni ma’lum qiladiki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning shaxsiy fikri bo‘lib, u yuridik asosga ega emas. O‘zbekiston Saylov kodeksining 3-moddasiga ko‘ra, saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.

Kodeksning 4-moddasida saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylash huquqiga egadir. Shundan ko‘rinib turibdiki, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan munosib nomzodlarni saylaydilar.

Shuningdek, Saylov kodeksining 37-moddasiga binoan, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

Ta’kidlash joiz, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar ochiq va oshkora, xalqaro normalarga asoslangan holda o‘tkaziladi.

Unutmaylik, 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda munosib nomzodlarni xalq saylaydi.

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati hokimining soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqqani, kim deputat bo‘lishi haqida selektorda aytgan gaplari tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilish o‘tkazib, Shuhrat G‘aniyevga qattiq ogohlantirish va uch oy sinov muddati berdi. Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati esa Shuhrat G‘aniyevning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganligini bildirib, rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2019, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 34) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют