» » Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini uch yildan beri o‘rganyapti

Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini uch yildan beri o‘rganyapti


O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga kirish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlaganiga uch yil bo‘ldi, ushbu masalada tashqaridan hech qanday bosim yo‘q, dedi O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 4-sentabr kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari munosabati bilan tashkil etildi.

Aynan shu tashrifi vaqtida Matviyenko Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi masalasi ustida ish olib borayotganini ta’kidlagan edi. Valentina Matviyenko ittifoqqa ehtimoliy qo‘shilish ortidan Toshkentga yetishi mumkin bo‘lgan afzallik va yo‘qotishlar tahlili bo‘yicha ishlar 2019-yil oxirigacha yakunlanishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

“O‘zbekiston Respublikasiga bosim bo‘lganmi, degan savolni hatto qo‘ymang ham. O‘zbekiston — unga bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan mamlakat emas”, — deya qo‘shimcha qildi Sodiq Safoyev, jurnalistning ittifoqqa qo‘shilish masalasida bosim o‘tkazilishi ehtimoli mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan.

Safoyevning ma’lum qilishicha, hozirda O‘zbekiston tomoni ushbu tashkilotga qo‘shilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. “U yerda o‘ziga yarasha kamchiliklar, shuningdek, afzalliklar ham bor. Har qanday integratsion hamjamiyatga qo‘shilish ma’lum bir vakolatlarning topshirilishini, biroq shu bilan birga tashkilot doirasidagi ba’zi imkoniyatlardan foydalanish huquqining qo‘lga kiritilishini nazarda tutadi”, — dedi u, “hozircha hech qanday qaror yo‘qligi, ish ketayotgani, YeOIIning barcha mamlakatlari bilan maslahatlashuvlar olib borilayotgani”ni qo‘shimcha qilib.

Senatorning va’da berishicha, YeOIIga qo‘shilish masalasi ustida ish olib borayotgan ekspertlar ushbu masala bo‘yicha yakdil fikr hosil bo‘lganidan so‘ng jamoatchilikni bu haqda xabardor qiladi.

Sodiq Safoyevning alohida qayd etishicha, uch yil avval O‘zbekistonning yangilangan — nisbatan ochiq, nisbatan pragmatik, ko‘p ham siyosiylashtirilmagan va nisbatan g‘oyasizlantirilgan tashqi siyosatini amalga oshirish boshlangan edi. Xuddi shuncha vaqtdan beri O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish ustida ham ish olib borilmoqda.

“Bu to‘g‘ri xatti-harakat: mintaqaviylashuv — bu globallashuvning bir qismi va mamlakatlarning manfaatlari uchun xizmat qiladi. Bir necha misol keltiraman: O‘zbekiston Turkiy kengashga qo‘shildi. Bu 25 yil davomida biz undan qo‘rqqan, qochgan tashkilot. Ushbu tashkilotga qo‘shilish yuzasidan bizning segmentimizda qandaydir o‘ziga xos shov-shuv bo‘lgani yo‘q. Vaholanki, o‘z vaqtida bu masala kun tartibiga ham qo‘yilmagan edi”, — dedi senator.

Mavzuga doir:

Valentina Matviyenko O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi mumkinligini ma’lum qildi

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishidagi zaruriy shartlar va ehtimoliy xavf-xatarlar tahlili 2019-yil oxirigacha yakunlanadi

Yevropami, Yevrosiyomi? O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi qanday oqibatlarga olib keladi?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют