» » Zangiotalik erkak xotinini zanjirband qildi. Ayol u bilan ajrashmoqchi edi (video)

Zangiotalik erkak xotinini zanjirband qildi. Ayol u bilan ajrashmoqchi edi (video)


Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi erkak u bilan ajrashish niyatida bo‘lgan xotinini uyida zanjirband qilgan holda saqladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

26-sentabr kuni fuqaro M.A. Zangiota tuman Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, kuyovi A.T.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Fuqaro murojaatida A.T. 2019-yilning 23—26-sentabr kunlari o‘zining xonadonida, turmush o‘rtog‘i D.T.ning noqonuniy tarzda oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab qo‘yib, ushlab turganligi ma’lum qilingan.

Ushbu murojaat Zangiota tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor o‘rganilib, A.T. xonadoniga borildi. O‘rganish davomida D.T. olgan tan jarohatlari yuzasidan sud tibbiy ekspertiza ko‘rigi o‘tkazildi. Zangiota tuman sud tibbiy ekspertizasining 30-sentabr kunidagi tegishli ma’lumotnomasida D.T.ning jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga sabab bo‘lgan, yengil tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют