» » MIB Nukusda bank foydasiga 3,3 mlrd so‘mlik kredit qarzini undirdi

MIB Nukusda bank foydasiga 3,3 mlrd so‘mlik kredit qarzini undirdi


Buxoro viloyati iqtisodiy sudining joriy yil 20-fevral kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Otel Nukus” MChJdan undiruvchi “Qishloqqurilishbank” ATB Nukus filiali foydasiga 3 milliard so‘m asosiy qarz, 337 million 303,4 ming so‘m kredit foizi, shuningdek, ustama va pochta xarajatlarini undirish, undiruvni esa garovga qo‘yilgan mehmonxona va kafe binosiga qaratish belgilangan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu ijro hujjati byuroning Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga 7-mart kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga sud qarorining ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan va bir necha bor ogohlantirilgan.

Lekin ogohlantirishlarga qaramasdan, kredit qarzdorligi qoplanmaganligi sababli garovdagi 3,9 milliard so‘mlik mehmonxona va kafe binosi bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan xatlovga olindi. Xatlangan mehmonxona va kafe binosi qisqa muddat ichida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarilib sotildi.

Natijada, 3 milliard 337 million 303 ming so‘mlik kredit qarzdorligi bank foydasiga to‘liq undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют