» » Qashqadaryoda ijro hujjati bo‘yicha xatlangan ko‘p qavatli bino qariyb 2 mlrd so‘mga sotildi

Qashqadaryoda ijro hujjati bo‘yicha xatlangan ko‘p qavatli bino qariyb 2 mlrd so‘mga sotildi


Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati bo‘yicha qarzdor hisobidan xatlangan bino qariyb 2 mlrd so‘mga sotildi, bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 4-yanvar kunidagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Turkiston mash’ali” MChJ hisobidan Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” foydasiga 3,869,480,800 so‘m kredit qarzi, 440,140,289 so‘m kredit foizi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli bo‘lgan Qarshi shahrida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turar joy binosi onlayn auksion savdoga chiqarilgan.

2019-yilning 20-iyun sanasida o‘tkazilgan onlayn auksion natijalariga ko‘ra, qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turar joy binosi “Binokor ko‘p tarmoqli qurilish” MChJga 1,960,000,000 so‘mga sotildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют