» » MIB Toshkentda tadbirkorga 556 ming dollardan ortiq pulini undirib berdi

MIB Toshkentda tadbirkorga 556 ming dollardan ortiq pulini undirib berdi


Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Oliy sudining 2019-yil 27-martdagi  ijro varaqasiga asosan, qarzdor bank hisobidan undiruvchi “Vodiy paxtasi” MChJ foydasiga 541 359,34 dollar miqdorida asosiy qarz, 15 607,39 dollar miqdorida foiz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 18-aprel kuni kelib tushgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan 2019-yil 19-aprel kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 86-moddalariga asoslanib ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib tomonlarga yuborilgan.

Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor bank hisobidan “Vodiy paxtasi” MChJ foydasiga jami 22 782 999 so‘m va 556 966,73 dollar miqdorida qarzdorlik to‘liq undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют