» » Toshkentda MIB xorijiy korxonaga 60 ming dollar undirib berdi

Toshkentda MIB xorijiy korxonaga 60 ming dollar undirib berdi


Toshkent shahar iqtisodiy sudining 2019-yil 20-fevraldagi ijro hujjatiga asosan “Novosibirsk Spes Komplekt” AJ (Rossiya) xorijiy korxonasiga “Uztashqineftgaz” AJdan asosiy qarz 60 ming dollar miqdoridagi qarzdorlik  va 1 200 dollar to‘langan davlat bojini undirish belgilangan.

MIB matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, ijro ish yurituvi 2019-yil 14-mart kuni Majburiy ijro byurosi Yashnobod tuman bo‘limiga topshirilgan bo‘lib, qarzdorga nisbatan ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda bajarishlik uchun ixtiyoriy  muddat berilgan.

Qarzdor tomonidan ijro xujjatini ijrosi ixtiyoriy ravishda ta’minlanmaganligi sababli, unga nisbatan byuroning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Joriy yilning 12-aprel kuni majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Uztashqineftgaz” AJdan jami 61 200 dollar (valyuta ko‘rinishida) “Novosibirsk Spes Komplekt” AJ xorijiy korxona foydasiga undirib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют