» » MIB Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 12 ta oilani yarashtirdi

MIB Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 12 ta oilani yarashtirdi


Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tomonlarga olib borilgan to‘g‘ri tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida oilalar yarashmoqda. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xususan, yanvar oyida tumanda ajrashish arafasidagi 12 ta oila yarashtirilgan.

Jumladan, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari buyicha Mirobod tumanlararo sudining 02.05.2018-yildagi №S-1-220/18-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor R.Beysenbayevdan undiruvchi A.Beysenbayevaning foydasiga 1/4 qismi miqdorida 02.05.2018-yildan boshlab, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati  29.05.2018-yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ushbu kuni ijro ishini yuritish haqida qaror qo‘zg‘atilib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan. Ijro xarakatlari davomida qarzdordan undiruvchi foydasiga 3 474 930 so‘m miqdorida undirilgan. Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan targ‘ibot tushuntirish ishlari natijasida bugungi kunda oila yarashtirilgan,  birga yashashmoqda

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 23.11.2018-yildagi № SB-621/18-sonli sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.Azimbayevdan undiruvchi Sh.Azimbayeva  foydasiga 20.11.2018-yildan boshlab, har oylik ish haqi va barcha turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida  ya’ni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati  30.11.2018-yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.  Davlat ijrochilarining tomonlarga olib borgan to‘g‘ri targ‘ibot tushuntirish ishlari natijasida oila yarashuviga erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют