» » Namanganda MIB ko‘magida 2 mingdan ortiq oilaning turmushi tiklandi

Namanganda MIB ko‘magida 2 mingdan ortiq oilaning turmushi tiklandi


Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan aliment bilan bog‘liq sud ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashda tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma jamoatchilik bilan aloqalar va xuquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Xususan, byuroning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilayotgan tadbirlarda aliment sohasidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqida tushunchalar berib kelinmoqda. Jumladan, Kosonsoy tumanidagi Mahdumi A’zam mahallasida o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng Qobiljon Allayev va Marhabo Mamajanovalar oilasi yarashishga qaror qildi.

Ushbu oila 2018-yilda ajrashib ketgan edi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2018-yil 21-may kunidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor Komiljon Allayev undiruvchi Marhabo Mamajanova foydasiga voyaga yetmagan 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Ushbu oilaning yarashtirish orqali bo‘lim ijro yurituvidagi ish tamomlandi. Umuman, 2018-yil davomida tumanda MIB ko‘magida jami 145 ta oila yarashtirilgan.

Byuroning Chortoq tumani bo‘limi tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan 2018-yil davomida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada o‘tgan yilda 84 ta oilani yarashtirishga erishildi. Shuningdek, 1312 ta ijro hujjati bo‘yicha 847 million so‘m aliment undirib berildi.

MIB sa’y-harakatlari bilan 2018-yil davomida viloyatda 2074 ta oila tiklanib, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ish yurituvidan tugatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют