» » Majburiy ijro byurosi Nukusda bank foydasiga 3,3 mlrd so‘mlik kredit qarzini undirib berdi

Majburiy ijro byurosi Nukusda bank foydasiga 3,3 mlrd so‘mlik kredit qarzini undirib berdi


Majburiy ijro byurosi “Otel Nukus” MChJdan “Qishloqqurilishbank”ning Nukus filiali foydasiga 3 milliard so‘m asosiy qarz, 337 303 400 so‘m kredit foizi, shuningdek, ustama va pochta xarajatlarini garovga qo‘yilgan mehmonxona va kafe binosiga qaratgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu ijro hujjati byuroning Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga 7-mart kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorga sud qarorining ijrosini ta’minlash uchun ixtiyoriy muddat berilgan va bir necha bor ogohlantirilgan.

Lekin ogohlantirishlarga qaramasdan, kredit qarzdorligi qoplanmaganligi sababli garovdagi 3,9 milliard so‘mlik mehmonxona va kafe binosi bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan xatlovga olinib, qisqa muddat ichida elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarilib sotilgan.

Majburiy ijro byurosi ma‘lum qilishicha, 3 337 303 000 so‘mlik kredit qarzdorligi bank foydasiga to‘liq undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют