» » Birlashgan Arab Amirliklari Navoiyda 100 mVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini quradi

Birlashgan Arab Amirliklari Navoiyda 100 mVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini quradi


4-oktabr, juma kuni Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida Navoiy viloyatida quvvati 100 mVt ga teng bo‘lgan birinchi FES (foto elektr stansiya) qurilishi uchun maydoncha tanlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki saralash tanlovida XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiya mamlakatlarining 23 ta kompaniyasi ishtirok etib, ulardan 11 tasi navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga Acwa Power (Saudiya Arabistoni), Jinko Power va Aljoimah Energy & Water Consortium (XXR/Saudiya Arabistoni), Masdar (BAA), TBEA Xinjianing Sunoasis Co Ltd (XXR) va Total Eren (Fransiya) kabi 5 ta kompaniyaning tijoriy takliflari taqdim etildi.

Da’vogarlarning texnik va tijorat takliflarini o‘rganish va baholash natijalariga ko‘ra, tender komissiyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatt soat uchun 2 dollar 679 sent va qurilish muddatini 12 oy deb belgilagan Masdar (BAA) kompaniyasini g‘olib deb e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Acwa Power kompaniyasi 1 kilovatt soat uchun 2 dollar 98 sent, TBEA Xinjianing Sunoasis Co Ltd kompaniyasi 3 dollar 586 sent, Jinko Power va Aljoimah Energy & Water Consortium 3 dollar 702 sent, Total Eren 4 dollar 273 sent taklif qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют