» » APL. “Tottenhem” safarda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)

APL. “Tottenhem” safarda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 8-turi doirasida 5-oktabr, shanba kuni Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi safarda “Brayton”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mezbon jamoa hujumchisi Nil Mope hisobni ochgan bo‘lsa, 32 hamda 65-daqiqalarda 19 yoshli irlandiyalik Aaron Konnolli dublga erishdi.

Shu tariqa “shporlar” “Brayton”ga qarshi kechgan o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta to‘p olib chiqdi va ochko yo‘qotdi.

Qayd etish joiz, o‘yinning 8-daqiqasida London klubi darvozaboni Ugo Lyoris jarohat oldi va uning o‘rniga Paulo Gassaniga zaxiradan maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Brayton” esa ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

8-tur bahsi

5-oktabr, shanba

Gollar: 1:0 — 3 Mope, 2:0 — 32 Konnolli, 3:0 — 65 Konnolli

“Brayton”:Rayan, Dank, Uebster, Bern, Montoyya, Gross, Elzeyt (Bong, 88), Muy, Stivens (Myurrey, 90), Konnolli (Bissuma, 80), Mope

“Tottenhem”:Lyoris (Gassaniga, 8), Alderveyreld, Devis, Vertongen, Sissoko, Lamela, Eriksen, Ndombele (Uinks, 46), Dayer, Son Hyon Min (Lukas Moura, 73), Keyn

Ogohlantirishlar:Dayer (55), Stivens (57), Dank (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют