» » Qirg‘izistonda Vladimir Putinga bronzadan haykal o‘rnatildi (foto)

Qirg‘izistonda Vladimir Putinga bronzadan haykal o‘rnatildi (foto)


Qirg‘izistonning Bishkek shahridan 35 km uzoqlikdagi “ZIL” tog‘-chang‘i bazasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga haykal o‘rnatildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Yaqin orada Rossiya yetakchisining haykali yoniga minnatdorchilik so‘zlari yozilgan stelani o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, bazada Vladimir Ilich Lenin hamda qirg‘izistonlik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning ham haykallari o‘rnatilgan.

Mavzuga doir: Novosibirskda iPhone shaklidagi qabr toshlari yasalishi yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 29-mayida Qo‘rg‘on viloyatining Chastoozerya qishlog‘ida “Vatanga xizmat” deb nomlangan haykal kompozitsiyaning ochilishi bo‘lib o‘tgan va tadbir tashkilotchilari Rossiya prezidentining bronzadan yasalgan figurasini ushbu kompleks markaziga joylashtirishni ko‘zlagandi. Ammo Qirg‘iziston prezidenti administrasiyasi ushbu tashabbusga rozilik bildirmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-10-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют