» » Foto: Oyning 60 yil avval suratga olingan orqa tomoni

Foto: Oyning 60 yil avval suratga olingan orqa tomoni


Rossiyada Oyning orqa tomoni aks etgan dastlabki suratlardan biri namoyish etildi. Surat bundan 60 yil avval “Luna-3” stansiyasi tomonidan olingan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Surat, kartografik materiallar va tasvirlar Rossiya ilmiy-texnik hujjatlar davlat arxivi tomonidan taqdim etilgan. Taqdim etilgan materiallar orasida “Luna-3” stansiyasining surati bor, shuningdek, Yer yo‘ldoshining orqa tomoni qanday qilib suratga olingani sxemalar bilan ko‘rsatilgan.

“Luna-3” stansiyasi 1959-yilning 4-oktabrida “Vostok-L” raketa tashuvchisi bilan uchirilgan va 207 kun parvoz qilgan. Uning yordamida o‘sha yilning 7-oktabrida Oyning orqa tomoni Yerdan 60—70 ming kilometr masofada birinchi marta suratga olingan. Suratlar yordamida Oyning birinchi atlasi va xaritasi tuzilgan. 1961-yilda esa Oyning yangi globusi ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir: Foto: Xitoy sun’iy yo‘ldoshi Oyni narigi tomonidan suratga oldi, fonida Yer ham bor

2018-yilning dekabr oyida Xitoy Oyning orqa tomonini o‘rganish uchun Chan’e-4 kosmik apparatini uchirdi. Apparat Oyning janubiy qutbi mintaqasidagi Eytken havzasiga qo‘ngan.

Mavzuga doir:

Xitoy Oyning orqa tomonidan olingan ilk fotolarni e’lon qildi

Birinchi bor Oyning panoramali tasviri paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют