» » O‘zbekiston va Yaponiya elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

O‘zbekiston va Yaponiya elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda mutasaddilar investitsiya o‘zlashtirilishi boshlangan loyihalar ijrosining borishi bo‘yicha hisobot berdi. Shuningdek, neft-gaz, kimyo, energetika, meva-sabzavotlarni qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Davlat rahbari bu boradagi ishlarning, qurilajak zavod va korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatiga e’tibor qaratib, ularni tez va puxta amalga oshirish lozimligini ta’kidladi. Yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralarni yakunlab, qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Joriy yil oxirida Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan bo‘lib, unga tayyorgarlik doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan.

Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga mo‘ljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik hamda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Yig‘ilishda joriy yil yanvar—sentabr oylarida eksport va investitsiya prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi holati hamda yil yakuni bo‘yicha ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choralar ham ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, ayrim tashkilot va hududlarda rejalashtirilgan prognoz bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Yil yakuniga qadar bu boradagi qoloqlikni bartaraf etish, barcha tarmoqlar va hududlar bo‘yicha eksport prognozini bajarish yuzasidan topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют