» » Surxondaryolik erkak o‘ynashi va uning erini pichoqladi

Surxondaryolik erkak o‘ynashi va uning erini pichoqladi


7-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi dehqon bozori yonida 1969-yilda tug‘ilgan Sh. ismli shaxs ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan M. ismli ayol va uning turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, ularga jarohat yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sh. 1980-yilda tug‘ilgan M. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. O‘zaro janjal oqibatida u M.ning bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘ini tirab jarohat yetkazgan. Uni himoya qilishga uringan turmush o‘rtog‘i A.ning esa ko‘krak qafasiga bir marotaba pichoq urib, qasddan o‘ldirishga harakat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют