» » Andijon tumanidagi maktabda 27 kishi ovqatdan zaharlandi. Ularning aksariyati bolalar

Andijon tumanidagi maktabda 27 kishi ovqatdan zaharlandi. Ularning aksariyati bolalar


Andijon tumanida 27 nafar fuqaro ovqatdan zaharlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 8-oktabr kuni soat 20:30 da Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.

Shu kuni soat 24:00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafar fuqaro “ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi — tug‘ilgan kun munosabati bilan tort tayyorlab olib borgan, yana 1 nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga tortdan berganligi natijasida zaharlanish qayd qilingan.

Qayd etilishicha, hozirda shifoxonada 12 nafar bemor davolanmoqda, 15 nafariga esa ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan. Barcha bemorlardan olingan ajratmalar viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi laboratoriyasida tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqandda 24 kishi xot-dog va shaurmadan zaharlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют