» » Kurdlar aviazarbalarga javob sifatida Turkiyaning Nusaybin shahrini o‘qqa tutdi

Kurdlar aviazarbalarga javob sifatida Turkiyaning Nusaybin shahrini o‘qqa tutdi


“Suriya demokratik kuchlari”ning kurd otryadlari Turkiya tomonidan o‘tkazilgan harbiy operatsiyaga javob sifatida Suriya chegarasida joylashgan Turkiyaning Nusaybin shahrini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Minomyotlar yordamida otilgan o‘qlarga chegaradagi Jeylanpinar shahri va Suriyaning Haseko provinsiyasida joylashgan Al-Malikiya shahri yaqinidagi turk armiyasi bo‘linmalari ham nishon bo‘lgan. Kurd otryadlari provinsiya shimolidagi bir nechta neft qudug‘ini ham yoqib yuborgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyaning shimoli-sharqida Kurdiston Ishchi partiyasi hamda IShIDga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:

Turkiya qo‘shinlari Suriya hududiga bostirib kirdi

Turkiya artilleriyasi Suriya chegarasida kurdlar joylashgan hududga o‘t ochdi

Turkiya Suriyaga harbiy havo hujumi uyushtirdi. Ikki ko‘prik portlatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют