» » Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston Yamanni tor-mor qildi (video)

Vadim Abramov qo‘l ostidagi O‘zbekiston Yamanni tor-mor qildi (video)


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yamanga qarshi bahsda yirik hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida terma jamoadagi debyutini nishonlayotgan Sanjar Qodirqulov qanotdan uzatilgan to‘pni to‘xtatmasdan Yaman darvozasiga joylab qo‘ydi. Unga golli uzatmani esa Dostonbek Hamdamov amalga oshirdi.

O‘yindagi ikkinchi gol esa 33-daqiqada terma jamoa to‘purari Eldor Shomurodov tomonidan kiritildi. Eldor qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga kiritdi.

Tomonlar tanaffusga 2:0 hisobi bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida esa Jamshid Iskanderov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba bergan holda hisobni 3:0 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Uchrashuvdagi to‘rtinchi golga 72-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jayev mualliflik qildi. U ham Yaman darvozabonini boshi bilan zarba bergan holda ojiz qoldirdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Igor Sergeyev ham o‘z nomiga bitta golni yozdirib qo‘ydi (5:0).

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Vadim Abramov boshchilgidagi ilk (navbatdagi) g‘alabasini yirik hisobda qo‘lga kiritdi.

Guruhdagi ikkinchi bellashuv bugun Saudiya Arabiston hamda Singapur terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin 22:00 da boshlanadi.

JCh—2022 saralashi

3-tur bahslari

10-oktabr, payshanba

Gollar: 1:0 — 3 Sanjar Qodirqulov, 2:0 — 33 Eldor Shomurodov, 3:0 — 53 Jamshid Iskanderov, 4:0 — 72 Islom To‘xtaxo‘jayev, 5:0 — 90 Igor Sergeyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют