» » Efiopiya bosh vaziri Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibiga aylandi

Efiopiya bosh vaziri Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibiga aylandi


Osloda Tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotining 2019-yilgi sohibi nomi e’lon qilindi. Mukofotga Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali loyiq ko‘rildi. Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi tomonidan Abiy Ahmad Alining Eritreya bilan chegara nizosini hal etishdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi.

BREAKING NEWS:
The Norwegian Nobel Committee has decided to award the Nobel Peace Prize for 2019 to Ethiopian Prime Minister Abiy Ahmed Ali.#NobelPrize #NobelPeacePrize pic.twitter.com/uGRpZJHk1B

— The Nobel Prize (@NobelPrize) October 11, 2019

Tinchlik yo‘nalishidagi mukofot — sohibining nomi Stokgolmda emas, balki Osloda e’lon qilinadigan yagona Nobel mukofotidir. Bungacha fizika, ximiya, tibbiyot va adabiyot yo‘nalishidagi mukofot sohiblari nomi e’lon qilingan edi. So‘nggi — iqtisodiyot yo‘nalishidagi mukofot egasi nomi 14-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Nobel mukofotlarini tantanali topshirish marosimi 10-dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют