» » O‘zbekistonda tibbiyot sohasida ishlayotgan xususiy sektor 3 yilga bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida ishlayotgan xususiy sektor 3 yilga bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi kutilmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, hujjat sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishni kuchaytirish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga yuqori texnologiyali sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijdan investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etishni kengaytirish, shuningdek, tibbiy turizm va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish maqsadida qabul qilinadi.

Qarorga kiritilishi rejalashtirilgan qo‘shimcha bilan tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor (Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasiga asosan) belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha maxsus avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, tibbiyot uskunalari va sarflanadigan materiallar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, texnik o‘qitish vositalari, adabiyotlar va tez tibbiy yordam xizmati uchun zarur boshqa moddiy-texnika resurslar uchun 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi mumkin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).

Mavzuga doir:

Ayni paytda faqatgina Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘zi bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют