» » Bo‘stonliqda yangi soliq rejimi joriy etilishi mumkin

Bo‘stonliqda yangi soliq rejimi joriy etilishi mumkin


2020-yil 1-yanvardan Bo‘stonliq tumanida soliq solish va soliq ma’muriyatchiligi bo‘yicha noyob tajribani boshlash taklif etilmoqda. Tegishli loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan, deb xabar bermoqda Norma.

G‘azalkent shahrida “Do‘stlik”, “Sijjak” va “Novobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida (tumanning aholi dam olishi nuqtayi nazaridan eng talabgir bo‘lgan qismlari, Norma izohi) soliq tayanch punktlarini ochish mo‘ljallanmoqda. Ular dam olishni tashkil etish bilan band bo‘lgan subyektlarni qonuniylashtirish va ularning daromadlari hisobini yuritish uchun zarurdir.

Soliq tayanch punktlariga murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga 3 yilga guvohnoma beriladi. Guvohnoma uchun 1 BHM yig‘im undiriladi (maqola berilgan kundagi miqdori – 223 ming so‘m). Bunda ixtiyoriy ravishda qonuniylashtirilganlar birinchi yil yig‘im to‘lamaydi (guvohnoma uchun yillik to‘lov nazarda tutilgan deb xulosa chiqarish mumkin – loyihada bu aniq aytilmagan, Norma izohi).

Guvohnoma egasiga dam olish bilan bog‘liq bir qator xizmatlarni ko‘rsatish huquqini beradi.

Bunda soliq solishning quyidagi tartibini belgilash taklif etiladi:

Bo‘stonliq tumani hududida dam olish uylari va dala hovlilarni ijaraga berish, umumiy ovqatlanish va chakana savdo xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlarga 4 foizlik stavkada YaST solinadi.

Guvohnomasiz xizmat ko‘rsatganligi uchun “innovatsion” sanksiya mexanizmi qo‘llaniladi. Birinchi galgi huquqbuzarlik uchun “sariq kartochka” va 1 million so‘m miqdorida shartli jarima belgilanadi, jarima darhol undirilmaydi. Takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun “qizil kartochka” beriladi va 5 million so‘m jarima undiriladi, unga birinchi galgi huquqbuzarlik uchun 1 million so‘mlik jarima ham qo‘shiladi. Jarimani to‘lagan subyektga yig‘im undirilmagan holda guvohnoma beriladi.

Xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) hollarda YaST hisobot davrida olingan daromad summasidan 12 foizlik stavka bo‘yicha hisoblab chiqariladi. 10 million so‘mdan yuqori miqdordagi soliq qarzdorligi to‘lanmaganligi uchun soliq to‘lovchi tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan mol-mulk xatlanadi. Buning uchun soliq organi rahbari yoki uning o‘rinbosarining qarori yetarli bo‘ladi.

Shu bilan birga 1-yanvardan Bo‘stonliq tumanidagi tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yuridik shaxslar uchun QQS va YaST bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qilish mo‘ljallanmoqda.

Faqat profilaktika va aholini davolash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar, shuningdek, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun imtiyozlar saqlanib qoladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют