» » Tojikistonda pensionerlar soni oshdi

Tojikistonda pensionerlar soni oshdi


Tojikiston statistika agentligi mutaxassislari mamlakatda yashovchi pensionerlarning umumiy sonini hisoblab chiqdi. 2019-yil sentabr oyi holatiga nafaqadagi Tojikiston aholisi vakillarining umumiy soni 700 ming 870 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda “Regnum” xabar berdi. Yil boshida bu raqam 20 ming 870 taga kam edi va tojik pensionerlari 680 ming nafarni tashkil qilardi.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilda nafaqa va pensiya to‘lovlarining sakkiz oy davomidagi umumiy miqdori 1 milliard 500 million somoniga teng.

2019-yilda Tojikiston davlat budjetidan ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy himoya uchun 3,6 milliard somonidan ko‘p pul ajratilgan.

Mavzuga doir:

Tojikistonda pensiya yoshidagilarga to‘lanadigan to‘lovlarning umumiy miqdori 2018-yilda 2 milliard 344 million somonini tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют