» » Abdulaziz Komilov Bokuda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Bokuda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi


Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bokuga kelgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 13-oktabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar O‘zbekistonning Turkiy kengashda to‘la huquqli ishtiroki yuzasidan bir-birlarini samimiy tabrikladi. Bu tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik salohiyatini keskin oshirishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorligining dolzarb masalalari, uni aniq yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni ikki tomonlama hamda Turkiy kengash shaklida yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют