» » Bosh prokuratura “Daryo” nashridagi maqola yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura “Daryo” nashridagi maqola yuzasidan bayonot berdi


Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov “Daryo”da chop etilgan “Qashqadaryoda bir uy ikki xaridorga pullandi. Prokuratura nega sukut saqlamoqda?” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, maqolda fuqaro M.Rajabov va boshqalar tomonidan “Shovot maxsus bino qurilish” MChJ rahbari D.O‘taganovga yangi qurilayotgan uy-joy uchun to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, u tomonidan uylar rasmiylashtirib berilmaganligi qayd etilgan.

“Shovot maxsus bino qurilish” MChJ rahbari D.O‘taganov “Milliy bank” Qarshi shahar bo‘limidan “ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun” 6 milliard 670 million so‘m kredit olib, shu mablag‘ hisobiga qurilgan uylarni ipoteka shartnomasiga asosan kredit ta’minoti uchun garovga qo‘ygan.

Shuningdek, D.O‘taganov bank bilan tuzilgan ipoteka shartnomalarining 12-bandiga asosan uy-joylarni tasarruf etilishiga notarius tomonidan taqiq qo‘yilganligi sababli, uylarni tasarruf etish huquqi bo‘lmasa-da, o‘z xizmat mavqeidan qasddan foydalanib, fuqarolarga ushbu uy-joylarni shaxsiy mablag‘iga qurayotganligi, uni yakunlash uchun pul zarurligi, quriladigan uylarni foydalanishga qabul qilinganidan so‘ng ularning nomiga rasmiylashtirib berishni aytib, ularning ishonchiga kirgan. Uy xarid qiluvchi fuqarolar bilan tuzilgan shartnomaga asosan jami 1 milliard 457 million 276 ming so‘m olib, uylarni rasmiylashtirmasdan, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik, ya’ni aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 26-sentabrda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan “Shovot maxsus bino qurilish” MChJ rahbari D.O‘taganovga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarni olib borish uchun viloyat IIB TBga yuborilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют