» » O‘zbekiston terma jamoasi bugun Singapur bilan bahsga kirishadi

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Singapur bilan bahsga kirishadi


Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 4-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Singapur bilan to‘qnash keladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:45 da boshlanadi. O‘yinni Sport-TV telekanali jonli efirda namoyish etishi ko‘zda tutilgan.

Bellashuvni xitoylik Shen Yinhao boshqarib borsa, qanotlarda unga hamyurtlari Song Siangyun va Jang Cheng yordam beradi. Zaxira hakami esa Jang Lei.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston “D” guruhida 3-turdan so‘ng hisobida ikkita o‘yin bilan uch ochko to‘plagan holda 3-o‘rindan joy olib turibdi. Singapur termasi esa 3-turdan so‘ng 4 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. Ular hisobida esa uchta o‘yin bor.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Falastin terma jamoasi guruh peshqadami Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Ushbu turda Yaman termasi dam oladi.

JCh—2022 saralashi

4-tur bahslari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют