» » “YPX xodimi emas, balki haydovchilar o‘zaro kelisha olmay urushib qolgan”. IIV Telegram’da tarqalgan videoga munosabat bildirdi

“YPX xodimi emas, balki haydovchilar o‘zaro kelisha olmay urushib qolgan”. IIV Telegram’da tarqalgan videoga munosabat bildirdi


Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati 14-oktabr kuni Telegram’da tarqalgan “YPX xodimi bilan janjal” nomli videolavha yuzasidan munosabat bildirdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, videolavhada aks etgan holat shu yilning 20-may kuni soat 13:30 larda poytaxtning Abay—Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Voqea sodir bo‘lgan joyda yo‘l-patrul xizmati xodimi hech kim bilan janjallashmagan. Aksincha, Spark rusumli avtomashina haydovchisi va u bilan birga bo‘lgan o‘rtog‘i Matiz rusumli avtomashina haydovchisi bilan o‘zaro kelisha olmay, bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, jamoat joyida mushtlashgan.

“Mazkur uch nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga muvofiq bayonomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani ma’muriy sudiga yuborilgan”, — deyiladi xabarda.

18-iyun kuni Shayxontohur tumani ma’muriy sudi A.A., Sh.X. va B.X.larni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (“Mayda bezorilik”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, ularning har biriga nisbatan eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют