» » Toshkentda qoidabuzar PPX brigadasi xodimi jarimaga tortildi

Toshkentda qoidabuzar PPX brigadasi xodimi jarimaga tortildi


Xizmat avtomobilini piyodalar o‘tish joyiga to‘xtatib, yo‘l harakati qoidasini buzgan patrul-post xizmati brigadasi xodimi jazolandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Piyodalar o‘tish joyida to‘xtab turgan Nexia rusumli patrul avtomobili fotosuratini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’lon qilgan.

Ushbu xabar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borildi. Yo‘l harakati qoidasini buzgan patrul-post xizmati brigadasi xodimi haydovchi 1987-yilda tug‘ilgan S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1286-1 moddasi (Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida (bugungi kunda — besh yuz o‘n olti ming yetti yuz yigirma so‘m) jarima tayinlandi.

“Sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodimlar tomonidan qonunchilik, xizmat intizomining buzilishi holatlari aniqlanganda, amaldagi qonunchilikda belgilangan jazo choralari ko‘riladi. Shuningdek, har bir ichki ishlar idoralari xodimi sodir etgan xatti-harakati uchun fuqarolar bilan teng huquqlilik asosida ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilib bu haqda ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

IIBB fuqarolarga faolligi uchun minnatdorlik bildirib qoldi. “Huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar to‘g‘risida bergan xabaringizga asosan qonuniy choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, qonun oldida hamma barobarligi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют