» » O‘zbekiston fuqarosining o‘zini yomon his qilgani uchun Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyot Samarada qo‘ndirilgan edi. TIV bemorning ahvoli haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston fuqarosining o‘zini yomon his qilgani uchun Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyot Samarada qo‘ndirilgan edi. TIV bemorning ahvoli haqida ma’lumot berdi


15-oktabr kuni Farg‘ona-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan (HY-627 reys) “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKga tegishli samolyot O‘zbekiston fuqarosi A.O.ning sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sababli Samara shahri “Kurumoch” aeroportiga favqulodda qo‘ngani haqida xabar berilgan edi.

TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston fuqarosi 6-son Samara shahar kasalxonasiga joylashtirilgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning sog‘lig‘i barqarorlashgan va yaqin kunlarda unga ruxsat beriladi.

Samolyot esa Moskvaga uchib, “Vnukovo” aeroportiga bir yarim soat kechikish bilan muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga oldi hamda tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatdi.

“Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston, Kirov viloyati, Mariy El, Mordoviya, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston, Udmurtiya, Ulyanov viloyati, Chuvashiya) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Qozon shahridagi O‘zbekiston bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют