» » Artel kompaniyasi oshxona plitalarining yangi modellarini taqdim etdi

Artel kompaniyasi oshxona plitalarining yangi modellarini taqdim etdi


Joriy yilning 15-oktabr kuni Artel kompaniyasi oshxona plitalarining 5 ta yangi modelini taqdim etdi. O‘z ixchamligi bilan ajralib turuvchi yangi gaz plitalari yaqin orada yurtimiz bozorlarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumki, xonadonga yangi maishiy texnika xarid qilishda avvalambor uning gabarit o‘lchamlariga e’tibor berish lozim. Agar maishiy texnika o‘rnatiladigan xona kichik bo‘lsa, qulaylik bilan foydalanish uchun maishiy texnika ham maksimal darajada ixcham bo‘lishi shart. Artel kompaniyasining yangi oshxona plitalari o‘zida ixchamlik, qulaylik va funksionallikni mujassam etgan, va taom tayyorlash jarayonida sizga unutilmas rohat bag‘ishlaydi.

Yangi modellar

Yangi modellar uch xil konfiguratsiyada ishlab chiqarilgan: Apetito 50 00-G va 50 02-G plitalari to‘liq gazda ishlaydi, Milagro 50 00-K va 50 02-K plitalari kombinatsiyalashtirilgan, Comarella 50 01-E plitasi esa elektr energiyasida ishlaydi. Barcha yangi modellar 4 ta konforkaga ega. Sig‘imli duxovka shkaflari esa turli xil mazali pishiriqlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Pishirish yuzasi

Gaz va kombinatsiyalashtirilgan plitalarda pishirish yuzasining panjaralari yuqori sifatli po‘latdan yasalgan. Ularni tozalash uchun deyarli har qanday tozalash vositasi to‘g‘ri keladi. Barcha yangi modellar konfiguratsiyaga ko‘ra shishadan yasalgan qopqoq yoki metall qopqoq bilan jihozlangan. Apetito va Milagro modellari gaz-nazorati funksiyasiga ega. Ushbu funksiya olov to‘satdan o‘chib qolgan holda gaz ta’minotini to‘xtatadi va taom tayyorlash jarayonini mutlaqo xavfsizlantiradi. Bundan tashqari oshxona plitalari to‘plamida maxsus kofe qaynatgich mavjud.

Duxovka shkafi

Yangi Artel oshxona plitalarining duxovka shkaflari ustki va pastki qizitish uskunalari bilan jihozlangan. Italiya korxonasida ishlab chiqarilgan “Cast Futura” gorelkalari yordamida esa har tomondan bir maromda tayyorlangan mazali taomlar tayorlash mumkin. Barcha yangi turdagi oshxona plitalari uch xil duxovka shkaflariga ega. Yuqori tejamkorlikka ega bo‘lgan an’anaviy duxovkalarni xush ko‘radiganlar uchun Apetito plitalari, aniq bir haroratda taom tayyorlashni xush ko‘radiganlar uchun esa Comarella plitalari a’lo darajada mos keladi. Milagro plitalari esa elektr va gaz isitgichlarning eng ma’qul jihatlarini o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari barcha modellarda yangi taomlar tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratuvchi maxsus elektr sixi mavjud.

Taom tayyorlash jarayoni qulay bo‘lishi uchun oshxonani to‘g‘ri jihozlash juda muhimdir. Superixcham Artel oshxona plitalari oshxonaning har yerida bemalol o‘rnatilishi mumkin. Yangi Artel oshxona plitasi bilan taom tayorlashdan rohatlanishga shoshiling!

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют