» » AQSh razvedkasi: Terrorchilar portlovchi qurilmalarni samolyotga olib o‘tishning yangi usullarini ishlab chiqdi

AQSh razvedkasi: Terrorchilar portlovchi qurilmalarni samolyotga olib o‘tishning yangi usullarini ishlab chiqdi


AQSh razvedka xizmatlari va huquq-tartibot idoralari terrorchi tashkilotlar, jumladan, IShID portlovchi qurilmalarni samolyot bortiga olib o‘tishning yangi usullarini ishlab chiqdi, deb hisoblamoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” ma’lum qildi.

CNN telekanali manbalariga ko‘ra, jangarilar portlovchi moddalarni elektron qurilmalarga yashirishni o‘rganib oldi, shu sababli aeroportlardagi yukni skanerdan o‘tkazish tizimini dog‘da qoldirish mumkin.

Federal qidiruv byurosi terrorchilar qo‘liga aeroportlarda o‘rnatilgan zamonaviy xavfsizlik jihozi kelib tushganligidan ham xavotirda. Aynan shu kabi ma’lumotlar AQSh rasmiylari mart oyida samolyotlar bortiga gadjetlar olib o‘tishni man etishiga turtki bergani ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya AQShdan so‘ng uzunligi 16, eni va qalinligi esa tegishli ravishda 9,3 hamda 1,5 santimetrdan ortiq bo‘lgan istalgan elektron qurilmani bortda olib o‘tishga taqiq joriy etdi. Texnika bagajga topshirilishi lozim.

Cheklov 6 mamlakat — Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr, Tunis va Saudiya Arabistonidan keladigan reyslarga tegishli.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют