» » Motorola afsonaviy RAZR telefonlarining egiluvchan ekranga ega yangi avlodini taqdim etadi

Motorola afsonaviy RAZR telefonlarining egiluvchan ekranga ega yangi avlodini taqdim etadi


Hozirda Lenovo’ning bo‘linmasi hisoblanuvchi Motorola kompaniyasi 13-noyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan tadbirda afsonaviy telefonining davomchisi Moto RAZR V3’ni taqdim etdi, deb xabar berdi CNet.

Brend bo‘lib o‘tadigan anjuman oldidan jurnalistlarga kichik video-tizer joylashgan taklifnomalarni tarqatib ulgurgan. Tizerdan ko‘rish mumkinki, yangi korpus 2004-yildagi telefonning chizgilarini o‘zida mujassam etgan.

Bundan tashqari taklifnoma quyidagi jumla bilan boshlanadi: “Orginal, o‘xshashi yo‘q. 13.11.19.”.

Tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, RAZR’ning narxi 1500 dollar atrofida bo‘ladi. Qurilmaga 6,2 dyuymli egiluvchan displey, Qualcomm Snapdragon 710 protsessori, 2730 mA/soat akkumulyator, 4—6 gigabayt tezkor va 64—128 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют