» » Motorola Razr smartfonining xususiyatlari ma’lum qilindi

Motorola Razr smartfonining xususiyatlari ma’lum qilindi


Motorola kompaniyasi ancha vaqtdan beri buklama-smartfon ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilgandi. Aniqlanishicha, Motorola’ning yangi buklama-smartfoni boshqa buklanuvchan smartfonlardan farq qiladi, deb yozadi Hi-tech.mail.ru.

Tafsiflarga ko‘ra, u eski buklama-smartfonni eslatadi. Faqat klaviaturali pastki qismi o‘rnida vertikal buklanuvchi yaxlit katta ekran bo‘ladi.

Nashrining yozishicha, yangi smartfon dizayni avvalgisidan tubdan farq qiladi.

Yangi Razr smartfoni 2142?876 pikselli 6,2 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Smartfon korpusida yana bir kichik displey joylashib, unda smartfon yopiq turganda bildirishnomalar va qo‘ng‘iroqlar ko‘rinadi.

Motorola Razr uch xil rangda chiqarilishi kutilmoqda: oq, qora va tilla.

Ushbu smartfon Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi va u to‘rt yoki sakkiz gigabayt operativ xotiraga ega bo‘ladi. Doimiy xotira esa modelidan kelib chiqqan holda 64 yoki 128 gigabaytli bo‘ladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Motorola Razr buklama-smartfonining narxi 1500 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют