» » Motorola One: Google bilan sheriklikda yaratilgan smartfon tasvirlari paydo bo‘ldi

Motorola One: Google bilan sheriklikda yaratilgan smartfon tasvirlari paydo bo‘ldi


Android Headlines sayti ayni paytda Lenovo kompaniyasi rahbarligida faoliyat olib boruvchi Motorola smartfonlari suratlarini e’lon qildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Smartfon Google’ning Android One dasturi sharafiga nomlangan bo‘lib, uning doirasida kompaniya yirik ishlab chiqaruvchi bilan sheriklikda smartfonlar yaratmoqda.

Suratda Motorola One va One Power modellarini ko‘rish mumkin. Tashqi ko‘rinishi deyarli bir xil bo‘lib, faqat orqa panellari farqlanadi: oddiy One’da u shisha, One Power’da esa — metall. Smartfonlar korpusining yuza qismida kichik romlar va displey tepasida “qosh” bor.

Motorola One Power’ga 6,2 dyuymli va 2280?1880 pikselli ekran, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira, 5+12 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3780 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Kichik model — Motorola One ham taxminan shunday xususiyatlarga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют