» » Sony kompaniyasi Xperia XA2, XA2 Ultra va L2 smartfonlarini taqdim etdi

Sony kompaniyasi Xperia XA2, XA2 Ultra va L2 smartfonlarini taqdim etdi


CES 2018 ko‘rgazmasida Sony kompaniyasi o‘rta darajadagi Xperia XA2 va XA2 Ultra hamda arzon Xperia L2 smartfonlarini taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Gadjetlar yangilangan OmniBalance dizayniga ega bo‘ldi.

Xperia XA2 sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori, 5,2 dyuymli Full HD-displey, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira (+microSD), 330 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

XA2 Ultra 6 dyuymli Full HD-ekran, Snapdragon 630, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira (+microSD) va 3380 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlandi.

Ikkala qurilmaga ham 23 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera o‘rnatilgan. XA2 Ultra’da old panelda qo‘shimcha 16 megapikselli kamera moduli bor.

Smartfonlar minimal o‘zgarishli Sony interfeysidagi Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.

Xperia L2 5,5 dyuymli HD-ekran, Mediatek MT6737T protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. U Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Sony’ning barcha yangi smartfonlari yanvar oxirigacha savdoga chiqadi, narxlari keyinroq e’lon qilinadi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют