» » Microsoft’ning maxfiy buklama gadjeti tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)

Microsoft’ning maxfiy buklama gadjeti tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)


15-dekabr kuni Microsoft kompaniyasi ikki ekranli noma’lum gadjetning buklama mexanizmi qanday ishlashi sxemasini ko‘rsatib beruvchi patentni oldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Ehtimol, bu uzoq kutilgan Surface Phone smartfoni yoki Andromeda kodli nomiga ega maxfiy planshet-elektron kitob bo‘lishi mumkin. Avstriyalik dizayner Devid Breyer yangi gadjet haqida tarqalgan gap-so‘zlar asosida konseptlarni yaratdi.

Gadjet zamonaviy noutbuk tamoyili bo‘yicha ishlaydi. Faqat pastki qismida klaviatura o‘rniga, yana bitta displey bo‘ladi. Ochiq holatida ikkita ekran birlashib, bitta katta ekran effektini hosil qiladi. Shuningdek, gadjet tomonlarini boshqa tarafga burib, uni stolga qo‘yish ham mumkin.

Qurilmani har qanday tomonga burish mumkin, masalan, buklangan holatda displeylar tashqari tomonda qolishi mumkin, shunda u oddiy smartfon ko‘rinishini oladi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 44) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют