» » O‘zbekistonda 100 dollargacha bo‘lgan valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 100 dollargacha bo‘lgan valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berildi


Xorijiy valyuta sotishda mijozning shaxsi talab qilinmaydigan eng ko‘p miqdor 100 dollar etib belgilandi.  “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Markaziy bankning 17-oktabrdagi qarori bilan tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartiblari to‘g‘risidagi nizomga tegishli band kiritildi.

“Valyuta shoxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan, ekvivalentida 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab etilmagan holda shoxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan yechib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi”, — deyiladi hujjatda.

O‘zbekiston tijorat banklari 20-avgustdan ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd xorijiy valyuta sotuvini boshladi. U vaqtda banklar tomonidan har qanday summadagi xorijiy valyutalarni sotishda mijozning shaxsini tasdiqlash talab qilinayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют