» » Saudiya kompaniyasi Namangan City’ning qurilishida qatnashadi

Saudiya kompaniyasi Namangan City’ning qurilishida qatnashadi


Namangan viloyati hokimligi hamda Saudiya Arabistonining Alqusaier kompaniyasi o‘rtasida Namangan City loyihasini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda Alqusaier bosh direktori Abdul Aziz al-Kusayr tomonidan imzolangan memorandumga ko‘ra, Namangan City Namangan shahrida 78 gektar maydonda barpo etiladi.

Ishbilarmonlik markazidan biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, ofislar, anjumanlar saroyi, ko‘rgazma zallari, turar joy va villalar, restoranlar, maktab, bolalar bog‘chasi va boshqa ijtimoiy soha obyektlari o‘rin oladi.

Loyiha to‘laligicha Saudiya Arabistoni kompaniyasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. O‘zbekiston tomoni Namangan City faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani (elektr energiya, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya) ta’minlash masalalarini hal etadi.

Memorandum imzolanishi arafasida Abdul Aziz al-Kusayr Namangan shahar hokimligida qabul qilingan va Namangan City loyihasi bilan batafsil tanishtirilgan edi.  Namangan City qurilishi tegishli hujjatlar imzolangandan so‘ng 3—5 yil ichida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Namanganda ham Siti qurilishi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil mayida viloyatga qilgan tashrifi chog‘ida ma’lum bo‘lgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u shaharning Guliston dahasida qad rostlaydi.

Mavzuga doir: Namangan shahrining Guliston dahasida Namangan City quriladi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют