» » Namangan shahar hokimi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda aholi bilan muloqot qiladi

Namangan shahar hokimi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda aholi bilan muloqot qiladi


Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov 21-avgust, dushanba kuni soat 13:00 da Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Xalq bilan yuzma-yuz” dasturi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda aholi savollariga javob beradi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Jonli muloqotda shahar prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda soliq inspeksiyasi rahbari ham ishtirok etadi.

Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savol, taklif va murojaatlari bo‘yicha (0-369) 227-07-48 hamda 227-04-26 telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Murojaatlar shahar hokimligi axborot xizmatining 227-06-61 va (0-597) 252-06-61 (Telegram) raqamlari, shuningdek, ps.namangan@gmail.com elektron manzili orqali ham qabul qilinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют