» » Qo‘qon va Tojikistonning Shaydon shahri o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qo‘qon va Tojikistonning Shaydon shahri o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi


O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan Farg‘onaning Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikistonning Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

19-oktabr, shanba kuni MN-28 sonli “Qo‘qon—Shaydon” yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimligi mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qatnov yo‘nalish masofasi 84,5 kilometr bo‘lib, Shaydon shahri tomonidan “Raxsh-RM” kompaniyasiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo‘qon shahridan “Mansur Mirzohid” kompaniyasiga qarashli Isuzu avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi.

Yo‘l haqi 23 ming so‘m etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют