» » Samarqand va Olmaota shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Samarqand va Olmaota shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi


Qozog‘iston va O‘zbekistonning tarixiy shaharlari Samarqand va Turkiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib “Xalq so‘zi” xabar beradi.

Qolaversa, 14-aprel kunidan e’tiboran Samarqand—Olmaota yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar har kuni bir marotabadan amalga oshiriladi. Avtobuslar “Samarqand” ABBdan  soat 15:00 da jo‘nab ketadi. 1087 km bo‘lgan yo‘nalish masofasi 20 soatda bosib o‘tiladi. Yo‘lovchilar soat 11:00 da Olmaota shahrining “Ushkunur” ABBga yetkazib qo‘yiladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 135 000 so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston transport vazirligi tomonidan shu bugunga qadar Qozog‘iston va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan muntazam avtobus qatnovlari yo‘nalishlari soni 12 taga yetdi.

Hozirgi kunda “Toshkent” avtovokzalidan Toshkent—Chimkent (yo‘nalish masofasi 145,2 km, chipta narxi 40 000 so‘m), Toshkent—Olmaota (yo‘nalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 100 000 so‘m), Toshkent— Ushkunur (yo‘nalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 100 000 so‘m), Toshkent—Qizilo‘rda (yo‘nalish masofasi 583,0 km, chipta narxi 97 000 so‘m), Toshkent—Turkiston (yo‘nalish masofasi 335,0 km, chipta narxi 50 000 so‘m), Toshkent—Jetisay (yo‘nalish masofasi 104,0 km, chipta narxi 16 000 so‘m), Toshkent—Taraz (yo‘nalish masofasi 331,0 km, chipta narxi 75 000 so‘m), Toshkent—Ostona (yo‘nalish masofasi 1646,0 km, chipta narxi 312 000 so‘m). Shuningdek, Chirchiq—Ushkunur (yo‘nalish masofasi 818,0 km, chipta narxi 150 000 so‘m), Nukus—Olmaota (yo‘nalish masofasi 1900,0 km, chipta narxi 200 000 so‘m) yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют