» » Shavkat Mirziyoyev — Donald Trampga: O‘zbekistondagi islohotlarni yuksak e’tirof etganingiz uchun minnatdorman

Shavkat Mirziyoyev — Donald Trampga: O‘zbekistondagi islohotlarni yuksak e’tirof etganingiz uchun minnatdorman


AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Bunga javoban, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat rahbari nomiga maktub yo‘lladi. Maktub matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

Mavzuga doir: Donald Tramp: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va taraqqiyot jarayoni bizni ham mamnun etmoqda

Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilanish, farovonlik va uyg‘onish fasli bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.

Sizning shaxsiy munosabatingizni yuksak qadrlayman, O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

O‘zbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yondashuvlarimizning mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Biz amalga oshirayotgan chuqur va keng ko‘lamli islohotlarni yuksak e’tirof etganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biz fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va aholi hayot darajasini tubdan oshirish bo‘yicha tanlagan yo‘limizni qat’iy va izchil davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janob Prezidentga mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, AQSh xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Samimiy hurmat bilan,
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют