» » Yuqorichirchiqda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Yuqorichirchiqda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi


Bo‘stonliq tumanidan Toshkent shahri tomon harakatlanayotganida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaroni urib yuborib, jabrlanuvchining hayotini xavf ostida qoldirgan holda voqea joyidan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

19-oktabr kuni soat tungi 01:00 larda noma’lum avtomashina haydovchisi Yuqorichirchiq tumanidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R12 “Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro X.I.ni urib yuborib, qochib ketgan.

Natijada piyoda bosh miya chayqalishi, bir necha qovurg‘alar sinishi va bir necha boshqa jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Yuqorichirchiq tumani markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv va qidiruv ishlari natijasida shu kunning o‘zida piyodani urib yuborgan avtomashina markasi va uning haydovchisi aniqlangan.

Mazkur yo‘l transport hodisasini 1988-yilda tug‘ilgan A.B. o‘z boshqaruvidagi “GBA SPG GAZ 3302000288” rusumli avtomashinasida sodir etganligi, voqea joyida qolgan bo‘laklar ushbu avtomashinaga tegishli ekanligi daliliy ashyo sifatida aniqlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Jinoyat kodeksining 117-moddasiga ko‘ra (“Xavf ostida qoldirish”), hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega bo‘lsa yoki aybdorning o‘zi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo‘ygan va bu hol badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga olib kelsa, uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 126) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют