» » Samarqandda kanalizatsiyasiz qurilgan “Kamolot uylari” atrofida suv to‘planmoqda (video)

Samarqandda kanalizatsiyasiz qurilgan “Kamolot uylari” atrofida suv to‘planmoqda (video)


Samarqand viloyatining Ishtixon tumani “Qoraqo‘yli” mahallasida joylashgan “Kamolot uylari” yangi qurilgan bo‘lsa-da, uylarda yashovchi aholi turli muammolar ichida yashamoqda. Kanalizatsiya suvi uylardan 20 metr uzoqlikda yer ustiga chiqadi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” dasturida efirga uzatilgan reportajda ma’lum qilingan.

Aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, uylar atrofida to‘plangan kanalizatsiya suvidan ko‘tarilgan hid uylarga kiradi.

Uylardan birida yashovchi ayolning aytishicha, kanalizatsiya suvi uylarga ichimlik suvi chiqarib beruvchi quvurning ustida to‘planib qolgan. Bu esa yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifatga ta’sir qilmoqda.

Boshqa bir uy bekasi esa uylarning yerto‘lasida to‘plangan suv sababli uylarning qulab tushishidan xavotir bildirgan va tomlardan suv o‘tib ketganidan shikoyat qilgan.

Reportajda uy atrofida to‘planib qolgan kanalizatsiya suvi atrofida yosh bolalarning o‘ynab yurganini ko‘rish mumkin.

O‘zini tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari deb tanishtirgan mutasaddi shaxsning ta’kidlashicha, mazkur hudud 2020-yil dasturiga asosan kanalizatsiya bilan ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют