» » O‘zA Samarqandning Loyish shaharchasidagi ikki qavatli uylar holatini tanqid qildi 

O‘zA Samarqandning Loyish shaharchasidagi ikki qavatli uylar holatini tanqid qildi 


Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markazi — Loyish shaharchasidagi fotosuratga muhrlangan ikki qavatli uylar o‘tgan asrning 80-yillarida qurilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uylarning tashqi ko‘rinishi va har bir xonadon derazasi yoki devoridan mo‘ri, turli quvurlar chiqarib qo‘yilgani, hovlining tartibsizligi ichkaridagi sharoit qay darajada ekanini ko‘rsatib turibdi.

— 9 “A” uyga ko‘chib kelganimizga 30 yildan oshdi, — deydi Zebiniso Qodirova. — Avvallari markazlashgan ichimlik suvi ham, oqova tarmog‘i ham bor edi. Bolalarimni hech bir qiyinchiliksiz katta qilganman. Afsuski, bugungi kunda xonadonlarimizdagi sharoit havas qilgulik emas. Uylarni gaz pechi, plita orqali isitamiz. Shuning uchun tashqariga mo‘ri chiqarganmiz. Oqova tizimi ishlamasligi sababli har bir xonadon uy yonida o‘zi uchun chuqur qazigan va oqovani shu yerga chiqarishga majbur. Ichimlik suvi uchun ham o‘zimiz hovlida qo‘lbola nasoslar o‘rnatib olganmiz. Hovlidagi umumiy xojatxonaga kirib bo‘lmay qolganidan keyin uni ham har kim o‘ziga alohida qura boshladi.

Ikki-uch yil oldin ushbu ko‘p qavatli uylar hovlisida qurilgan noqonuniy bino va inshootlar buzilgach, bu yer ham butunlay qarovsiz holatda qolgan. Eng yomoni, ariqlar ko‘milib ketgach, uylarning tomidan tushadigan suv hovli va yo‘laklarda to‘planib qoladigan bo‘lgan. Bu muammoning yechimi sifatida, hech bir me’yorga to‘g‘ri kelmasa-da, uy yonida katta xandaq qazilgan. Hamma tarafi ochiq va ayni paytda chiqindixonaga aylanayotgan bu chuqurlik shu yerda yashovchi aholi, ayniqsa, bolalar salomatligi va hayotiga xavf tug‘dirishi hisobga olinmagan.

Uy egalari ushbu masalalar yuzasidan bir necha bor tuman hokimligi va boshqa idoralarga murojaat qilgani, lekin natija yo‘qligini aytishdi. Bevosita shu ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan esa aholining aksariyati bexabar. Aholi o‘z uyi, turmushi obodligi uchun hamma narsaga tayyor, faqat ularning boshini biriktirish, muammolarga birgalikda yechim topish lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют