» » Andijonda 5 ta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi

Andijonda 5 ta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi


Andijon shahrining Sulton Jo‘ra nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilgan beshta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yillik bayrami arafasida Andijon shahridagi ‘Radius servis’, ‘Xokanavtoinvest’, ‘Milanostroy’ mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan qurib bitkazilgan zamonaviy uylar aholi uchun chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Har bir xonadon zamonaviy isitish tizimi, sovuq va issiq suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan to‘liq ta’minlangan. Uylar yonida avtotransport vositalari uchun turar joy va bolalar maydonchasi ham barpo etilgan.

Andijon viloyatida 2018-yilda umumiy loyiha qiymati 75 milliard so‘m bo‘lgan 588 xonadondan iborat o‘n to‘rtta yetti qavatli uy qurilishi belgilangan.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 15:14)
+3 (голосов: 7)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют