» » SSV Qarshida tez yordam mashinasining kechikkani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

SSV Qarshida tez yordam mashinasining kechikkani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida berilgan lavha asosida ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida tez yordam chaqiruvga kechikib kelgani va shifokorlar kaltaklangan haqida xabarlar tarqalgan.

Ma’lum qilinishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari bu holatni o‘rganib, vaziyat yuzasidan avval ham ma’lumot bergan edi. Tez yordamning kechikkani haqidagi fikr-mulohazalar bo‘yicha yana bir marta vaziyat o‘rganib chiqilgan.

Joriy yilning 16-oktabr kuni soat 08:28 da respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qarshi filiali tez tibbiy yordam stansiyasi chaqiruvlar markaziga Qarshi shahri Depo ko‘chasi 28-uyga chaqiruv bo‘lgan. Qo‘ng‘iroq qilgan kishi 1967-yilda tug‘ilgan fuqaro G.Sh. hushsiz ekanligini ma’lum qilgan.

Chaqiruvga tez tibbiy yordam brigadasi Hyundai avtomashinasida soat 08:36 da yuborilgan. Brigada a’zolari berilgan manzilga soat 08:42 da yetib kelgan.

Brigada mashina stansiyadan yuborilganidan xonadonga yetib borgunicha o‘tgan vaqt 6 daqiqani tashkil etgan. Avtomashina necha daqiqada yetib borganligini isbotlash uchun u yurgan yo‘ldagi chorrahalarda o‘rnatilgan videokameralar tasvirlarini kuzatish kifoya, deyiladi vazirlik izohida.

Manzilda tez tibbiy yordam xodimlari shaxsiyatga tegadigan haqoratli gaplar bilan kutib olingan va ular biologik o‘lim chaqiruvdan ancha oldin qayd etilganini bildirganlaridan so‘ng ayovsiz kaltaklangan.

Tez tibbiy yordam navbatchi shifokori va feldsher o‘zlari borgan avtomashinada respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Qarshi filialiga olib kelingan, mutaxassislar ko‘rigi va standart tekshiruvlardan keyin neyroxirurgiya bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan. Ichki ishlar xodimlariga xabar berilgan.

Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, soat 08:28 dan 08:42 gacha mazkur manzildan 103 telefoni raqamiga har xil mobil raqamlardan uch marta qo‘pol va tahdidli muomala bilan qilingan qo‘ng‘iroqlarni dispetcherlar qabul qilgan va manzilga allaqachon tez tibbiy yordam brigadasi yuborilganligini bildirgan.

Shu kuni soat 09:01 da mazkur manzilga asossiz ravishda yana tez tibbiy yordam brigadasi so‘ralgan.

Bu vaqtda dispetcherlar dastlabki chaqiruvga borgan shifokor va feldsherga chaqiruv berilgan fuqaroning qarindoshlari tomonidan tajovuz qilinganligini, chaqiruv berilgan fuqaro vafot etganligini bilgan va ichki ishlar xodimlariga xabar bergan.

09:01 dagi murojaat bo‘yicha soat 09:02 da o‘sha xonadonga boshqa tez tibbiy yordam brigadasi Hyundai avtomashinasida yo‘nalishdan jo‘natilgan. Brigada soat 09:08 da manzilga borgan. Ammo shifokorga marhumning yaqinlari uning shifoxonaga olib ketilganligini bildirgan.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qarshi filialiga marhum G.Sh. qarindoshlari tomonidan shaxsiy mashinada shu kuni taxminan soat 09:05 da olib kelingan va to‘g‘ri reanimatsiya bo‘limiga chiqarilgan. Filial reanimatsiya bo‘limi shifokorlari tomonidan to‘liq tekshiruv o‘tkazilgan va o‘lim taxminan bir soat avval sodir bo‘lganligi qarindoshlariga bildirilgan, ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan.

Vazirlikning qayd etishicha, mazkur holatda tez tibbiy yordam xodimlari o‘z burchlarini to‘liq ado etgan. Telekanal orqali berilgan lavha asosida ijtimoiy tarmoqlarda marhumning yaqinlari tomonidan aytilgan tez yordamning kechikkani haqidagi da’volar hech qanday asosga ega emas va o‘zlarini oqlash uchun o‘ylab topilgan vaj, deb yakunlanadi vazirlik munosabati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2019, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 110) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют