» » Namanganda barcha tez tibbiy yordam mashinalari GPS tizimiga ulandi

Namanganda barcha tez tibbiy yordam mashinalari GPS tizimiga ulandi


Namangan viloyatida tez tibbiy yordam xizmatiga yo‘naltirilgan barcha avtomashinalarga GPS navigatorlarni o‘rnatish va uni tizim boshqaruv markaziga ulash ishlari yakunlandi. Bu haqda Namangan Today xabar bermoqda.

Loyiha BePro dasturlash markazi qoshidagi harakatlanuvchi obyektlar monitoringini olib borish UZGPS va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi huzuridagi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘limi tomonidan amalga oshirildi. G‘oyani amalga oshirish uchun mahalliy byudjetdan 100 million so‘mdan oshiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Endi viloyatdagi shahar va qishloqlarda tashkil etilgan tez tibbiy xizmat stansiyalari va shohobchalariga biriktirilgan avtomashinalari qayerda harakatlanayotganligi haqidagi ma’lumotlar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali dispetcherlik markazi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi kompyuter markazi va avtokorxona rahbariyati kompyuterida 24 soat ko‘rinib turadi.

— Yangilikning ahamiyati beqiyos. Birinchidan, chaqiruvlar haqidagi ma’lumotlar murojaat qilgan bemor xonadoniga eng yaqin turgan tez tibbiy yordam brigadasiga yetkaziladi. Natijada sanoqli daqiqalardayoq shifokorlar shoshilinch tibbiy xizmatga ehtiyoj sezayotgan inson huzuriga yetib boradi va zaruriyatga qarab tezkor muolajalarni o‘tkazadi. Ikkinchidan, olis masofadan yo‘lga chiqishi mumkin bo‘lgan mashinaning yonilg‘isi iqtisod qilinadi. Qolaversa, kun bo‘yi xizmatda bo‘lgan avtomobil qancha yo‘l bosganligi hisoboti aniq shakllantiriladi, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Namanganda soha uchun 94 yangi avtomashina olindi. Ayni paytda viloyatda 178 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют