» » Andijon viloyati shoshilinch tibbiy yordam markaziga maxsus jihozlangan 14 ta “Damas” avtomobili topshirildi

Andijon viloyati shoshilinch tibbiy yordam markaziga maxsus jihozlangan 14 ta “Damas” avtomobili topshirildi


Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filialiga maxsus jihozlangan 14 ta “Damas” avtomobili topshirildi, deb xabar berdi O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari bilan ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishda shoshilinch tibbiy yordam tizimi muhim o‘rin tutadi. Shu bois farmon ijrosi doirasida tuman, shahar tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga yil oxiriga qadar yana 132 ixtisoslashtirilgan avtomobil topshirilishi rejalashtirilgan. Bu aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarning sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Abdushukur Sodiqov, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют